遇见数据集

DAVLAT QARZI VA DAVLAT QARZINING HUQUQIY ASOSLARI

收藏
Zenodo2026-06-09 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqola zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lgan davlat qarzi, uning mazmun-mohiyati va huquqiy tartibga solish mexanizmlariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda O‘zbekistonning qarz siyosatidagi so‘nggi yillarda yuz bergan o‘zgarishlarni, xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya va 2022-yilda qabul qilingan “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun misolida tahlil qiladi. Maqolada davlat qarzining Yalpi ichki mahsulotga nisbatan belgilangan 60 foizlik yuqori chegarasi hamda qarz mablag‘larining maqsadli ishlatilishini nazorat qiluvchi organlar faoliyati ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, tadqiqotda Qozog‘istonning qarz boshqaruvidagi “Milliy jamg‘arma” modeli va kvasidavlat sektori qarzi ustidan nazorat o‘rnatish tajribasi qiyosiy tahlil qilingan. Yakuniy qismda qarz yukini kamaytirish, valyuta xatarlarini boshqarish va kelajak avlodlar uchun iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha xulosa va takliflar ilgari surilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-09
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务