YASHIL SHAHARLASHUV SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHDA DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR HAMKORLIGI
收藏资源简介:
Maqolada yashil shaharlashuv siyosatini amalga oshirishda davlat va xususiy sektor hamkorligining roli, ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu maqola O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi, energiya samaradorligini oshirish dasturlari va ekologik transportni rivojlantirish tashabbuslarini tahlil qiladi. Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlar tajribasi, jumladan, Singapur, Masdar va Songdo shaharlarida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan barqaror urbanizatsiya loyihalari tahlil qilinadi. Maqolada davlatning regulyator funksiyasi, siyosiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi hamda xususiy sektorning innovatsion texnologiyalar, moliyaviy resurslar va tajriba kiritish orqali yashil shaharlashuvni samarali amalga oshirishdagi integratsiyalashgan yondashuvi yoritilgan. Shu tarzda, maqola shaharlarni barqaror rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklikni strategik vosita sifatida ko‘rsatadi. Natijalar va amaliy tavsiyalar O‘zbekiston sharoitida yashil shaharlashuvni rivojlantirish, investitsion jalb qilish va ekologik barqaror shaharlarni yaratish bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiladi.



