URBANIZATSIYA SHAROITIDA CHIQINDILARNI BOSHQARISH MUAMMOLARI VA BARQAROR SHAHAR RIVOJLANISHI YO'LLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqola tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan shaharlarda chiqindilarni boshqarish tizimlaridagi dolzarb muammolarni tahlil qiladi. Jahon miqyosida shaharlar aholisining keskin o'sishi kommunal qattiq chiqindilar (KQCh) hajmining misli ko'rilmagan darajada ortishiga olib kelmoqda. Maqolada chiqindilarni qayta ishlash tizimlari, energiyaga aylantirish texnologiyalari va atrof-muhitga ta'sir masalalari ko'rib chiqiladi. Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Singapur kabi rivojlangan mamlakatlar tajribasi, shuningdek rivojlanayotgan davlatlar misollari orqali amaldagi muammolar va ularning yechim yo'llari tahlil qilinadi. Maqola "aylanma iqtisodiyot" va "barqaror shahar" kontseptsiyalariga asoslanib, shahar miqyosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi.



