JON VERDON ASARLARIDA SARGUZASHT-DETEKTIV JANRINING BADIY USLUB TAMOYILLARI: ADABIY TAHLIL
收藏资源简介:
Ushbu maqola Jon Verdonning Deyv Gurney seriyasidagi sarguzasht-detektiv asarlarida badiiy uslub tamoyillarini tahlil qiladi. Muallifning “Think of a Number”(“Raqam o‘yla”), “Shut Your Eyes Tight”(Ko‘zlaringni mahkam yum”), “Let the Devil Sleep” (“Iblis uxlasin”) va boshqa romanlarida syujet qurilishi, proza uslubi, personaj rivoji va shubha yaratish usullari o‘rganiladi. Tahlil natijasida Verdonning asosiy tamoyillari aniqlandi: aniq va analitik proza, murakkab intellektual jumboqlar, ichki psixologik sayohat bilan tashqi tergovning muvozanati, mantiqiy dalillar asosidagi “adolatli o‘yin” syujet va personajlarning uch o‘lchovli chuqurligi. Natijalar zamonaviy sarguzasht-detektiv janrining klassik va psixologik elementlarni qanday birlashtirishini ko‘rsatadi.



