遇见数据集

ZAMONAVIY KARDIALOGIYADA YURAK YETISHMOVCHILIGINI DAVOLASH. DORI VOSITALARIDAN TRANSPLANTATSIYAGACHA

收藏
Zenodo2026-04-11 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada zamonaviy kardiologiyada yurak yetishmovchiligini (YY) davolashning bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgan yondashuvlari, dori vositalaridan tortib murakkab jarrohlik aralashuvlari xususan, yurak transplantatsiyasigacha bo‘lgan zamonaviy terapevtik strategiyalar keng yoritiladi. Maqolada birlamchi diagnostika tamoyillari, NYHA bo‘yicha funksional sinflanishning ahamiyati hamda yurak yetishmovchiligi patofiziologiyasiga asoslangan individual davolash protokollari tahlil qilinadi. Dori vositalari orasida ACE-ingibitorlari, ARB, ARNI (sakubitril/valsartan), beta-blokatorlar, mineralokortikoid retseptor antagonistlari, SGLT2-ingibitorlari kabi asosiy preparatlarning samaradorligi, qo‘llash ko‘rsatmalari va klinik natijalari batafsil yoritiladi. Shuningdek, diuretiklar, ivabradin, digoksin kabi yordamchi terapiyalar va ularning kombinatsiyalangan qo‘llanishi yurak qisqarish fraksiyasi pasaygan (HFrEF) hamda saqlangan (HFpEF) bemorlardagi o‘rni bilan tahlil qilinadi. Interventsiya va apparat texnologiyalari bo‘yicha kardioresinkronizatsion terapiya (CRT), implantatsiya qilinadigan kardioverter-defibrillyatorlar (ICD), LVAD – chap qorincha yordamchi qurilmalari hamda mexanik sirkulyatsiya qo‘llab-quvvatlash tizimlarining afzalliklari, zamonaviy qo‘llanish mezonlari va ularning bemor umr ko‘rish davomiyligiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada yurak transplantatsiyasi donor tanlash mezonlari, operatsiyani o‘tkazish bosqichlari, rejektsiyaga qarshi immunosupressiv terapiya hamda operatsiyadan keyingi reabilitatsiya protokollari bo‘yicha zamonaviy xalqaro tavsiyalar yoritiladi. Undan tashqari, XX asr oxiri va XXI asr boshidagi kardiologiya yutuqlari, yangi biotexnologik dori vositalari, regenerativ tibbiyot, hujayra terapiyasi va kelajak yo‘nalishlari ham tahliliy tarzda baholanadi. Ushbu maqola zamonaviy yurak yetishmovchiligi davolashining kompleks yondashuvga asoslanganligini, farmakoterapiya, apparat texnologiyalari va transplantatsiya o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ko‘rsatib, shifokorlar, kardiologiya rezidentlari va tibbiy tadqiqotchilar uchun amaliy va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务