遇见数据集

RUHIY ZO'RIQISHNI KAMAYTIRISHDA GURUHIY TRENINGLARNING SAMARADORLIGI

收藏
Zenodo2026-02-20 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ruhiy zo‘riqishni kamaytirishda guruhiy psixologik treninglarning nazariy asoslari va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda ruhiy zo‘riqish fenomenining psixologik mohiyati, uning shaxs emotsional holati, ijtimoiy moslashuvi hamda faoliyat samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Guruhiy treninglarning shaxslararo o‘zaro ta’sir, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reflektiv tajriba mexanizmlari orqali ruhiy zo‘riqishni kamaytirishdagi roli ilmiy manbalar asosida ochib beriladi. Maqolada kognitiv-xulqiy, gumanistik hamda ijtimoiy-psixologik yondashuvlarga tayangan guruhiy trening modellarining tuzilishi, mazmuni va ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, guruhiy treninglarning ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida qo‘llanish imkoniyatlari, ularning psixoprofilaktik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ruhiy zo‘riqishni kamaytirishga qaratilgan guruhiy trening dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-20
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务