MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA JAROHATLANISHLARNING TARQALISHI VA UNING PROFILAKTIKASIDAGI AYRIM O'ZIGA XOS TIBBIY-IJTIMOIY XUSUSIYATLAR TAXLILI
收藏资源简介:
Maqolada bolalar orasida ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda jarohatlanishlar, aniqrog‘i turmushdagi jarohatlanishlarning tarqalishi va unga ta’sir qilivchi omillarning tibbiy-ijtimoiy jihatlariga yo‘naltirilgan ilmiy ishlarning natijalari o‘rganilib taxlil qilingan. Maktabgacha yoshdagi bolalar orasida turmushdagi jarohatlanishlar bugun dunyoning barcha davlatlarida, jumladan mamlakatimizda, xususan tadqiqotimiz amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan Xorazm viloyatida ham o‘ta muhim tibbiy-ijtimoiy muammolardan biri sifatida saqlanib qolmoqda va ayrim holatlarda o‘sish xususiyatiga ega. JSST ning bergan ma’lumotiga qaraganda yiliga dunyoda 850 mingdan ortiq 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar har xil turdagi jarohatlanishlar, zaharlanishlar va tashqi muhitning boshqa ta’sirlari sababli dunyodan o‘tadilar. Minglab bolalar jarohatlanishlar tufayli bir umrga nogiron bo‘lib qoladilar. Maktab yoshigacha davrdagi bolalarda jarohatlanishlarning asosiy sabablarida ko‘pchilik mamlakatlarda o‘xshashliklar bo‘lsada, ayrim turmush tarzlari bilan bog‘liq o‘ziga xosliklarga ham ega va ko‘p hollarda ota-onalar tomonidan ayniqsa, 1-3 yoshdagi bolalarning qiziqishlarini inobatga olmaslik va e’tiborsizliklari natijasida yuzaga keladi.



