SOVET DAVRIDA XORAZM VILOYATI QISHLOQ XO'JALIGI: RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA MUAMMOLARI 1938–1991-YILLAR MISOLIDA
收藏资源简介:
Annotatsiya: Mazkur maqolada 1938–1991-yillarda Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligining sovet agrar siyosati sharoitida rivojlanish bosqichlari, tarkibiy o‘zgarishlari hamda mavjud muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqotda viloyat qishloq xo‘jaligida paxtachilikning ustuvor sohaga aylanishi, sug‘orish tizimlarining kengayishi, kolxoz va sovxoz xo‘jaliklarining faoliyati, mexanizatsiya va kimyolashtirish jarayonlari hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlari yoritiladi. Xorazm vohasining tabiiy-geografik xususiyatlari, xususan Amudaryo suvlariga bog‘liqligi qishloq xo‘jaligi taraqqiyotining asosiy omili sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada sovet davrida erishilgan ayrim ishlab chiqarish natijalari bilan birga, paxta yakkahokimligi, yerlarning sho‘rlanishi, suv resurslaridan samarasiz foydalanish, qishloq aholisi mehnatining haddan tashqari safarbar qilinishi kabi muammolar ilmiy jihatdan tahlil etiladi.



