TRENERNING MULOQOTCHANLIGI VA LIDERLIK SIFATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada trening jarayonida trenerning muloqotchanligi va liderlik sifatlarining o‘rni hamda ularning trening samaradorligiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Trenerning samarali muloqot olib borish qobiliyati, guruh bilan psixologik aloqa o‘rnatishi, ishtirokchilar faolligini rag‘batlantira olishi va yetakchilik fazilatlari trening jarayonining muhim psixologik omillari sifatida asoslab beriladi. Tadqiqot davomida muloqotchanlik va liderlik sifatlarining o‘zaro bog‘liqligi, ularning trening muhitini shakllantirishdagi roli hamda ishtirokchilarning motivatsiyasi va o‘zlashtirish jarayoniga ta’siri ochib beriladi. Ilmiy adabiyotlar tahlili trener shaxsining kommunikativ va liderlik kompetensiyalari trening natijadorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Maqola xulosalari amaliy psixologiya, ta’lim va trening faoliyatida trenerlarni tayyorlash va ularning kasbiy rivojlanishini takomillashtirishda qo‘llash uchun tavsiya etiladi.



