DORI VOSITALARINI SAQLASHDA HARORAT VA NAMLIK TA'SIRINING KIMYOVIY AHAMIYATI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada dori vositalarini saqlash jarayonida harorat va nisbiy namlikning preparatlarning kimyoviy barqarorligiga ta’siri tahlil qilindi. Dori vositalarining yaroqlilik muddati faqat faol farmatsevtik moddaning boshlang‘ich xususiyatlari bilan emas, balki saqlash davomida yuz beradigan gidroliz, oksidlanish, parchalanish, kristallanish, namlanish va boshqa fizik-kimyoviy jarayonlar bilan ham bog‘liqligi yoritildi. Haroratning ortishi ko‘plab kimyoviy reaksiyalar tezligini oshirishi, namlik esa ayniqsa gigroskopik moddalar, qattiq dori shakllari va namlikka sezgir preparatlarning barqarorligiga ta’sir qilishi ko‘rsatildi. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan sharoitlarda saqlash, harorat va namlikni muntazam nazorat qilish hamda dorixona sharoitida tegishli monitoringni tashkil etish farmatsevtik mahsulot sifatini saqlashning muhim omili sifatida baholandi. Maqolada xalqaro farmatsevtik amaliyot talablari va O‘zbekiston Respublikasida dorixonalarda dori vositalarining xavfsizligi, sifati va but saqlanishini ta’minlashga doir me’yoriy talablar ham tahlil qilindi.



