BIOLOGIYA MASHG'ULOTLARIDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING METODIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada biologiya mashg‘ulotlarida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning metodik asoslari, ularni mavzu mazmuni, ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijalar va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga muvofiq tanlash masalalari yoritilgan. Interfaol, muammoli, loyihaviy, hamkorlikda o‘qitish, tadqiqot, modellashtirish va raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Hujayra tuzilishi, genetika, fotosintez, odam anatomiyasi, ekologiya va boshqa mavzularga mos innovatsion metodlar tavsiya etilgan. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni darsning asosiy bosqichlariga integratsiyalash, ularning pedagogik imkoniyatlari va samarali qo‘llash shartlari ko‘rib chiqilgan. Tahlillar innovatsion texnologiyalardan maqsadli foydalanish o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil, tanqidiy va kreativ fikrlashi hamda tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.



