TA'LIM SIFATI MONITORINGINING KONSEPTUAL ASOSLARI VA UNI ELEKTRON TIZIMLAR ORQALI AMALGA OSHIRISH IMKONIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ta’lim sifati monitoringining konseptual asoslari, uning zamonaviy pedagogik talqini hamda ta’lim jarayonini boshqarishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda monitoring tushunchasining mazmuni, vazifalari va funksiyalari tizimli yondashuv asosida yoritilib, uning ta’lim sifatini ta’minlashdagi strategik ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada ta’lim sifati monitoringini samarali tashkil etishda elektron tizimlarning roli, ularning imkoniyatlari va afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Elektron monitoring tizimlari ta’lim jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash hamda ta’lim natijalarini prognozlash imkonini berishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalarga asoslangan monitoring tizimlari ta’lim sifatini oshirish va boshqaruv samaradorligini kuchaytirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.



