RAKETAMODEL SPORT TURI BO'YICHA O'QUV-METODIK QO'LLANMA ISHLAB CHIQISH VA UNING AMALIYOTDAGI QO'LLANISH NATIJALARINI BAHOLASH
收藏资源简介:
Mazkur tadqiqotda raketamodel sport turi bo‘yicha ilmiy asoslangan o‘quv-metodik qo‘llanma ishlab chiqish va uning amaliyotdagi samaradorligini baholash masalalari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot jarayonida sport pedagogikasi, texnik modellashtirish va mashg‘ulotlarni rejalashtirish tamoyillariga asoslangan metodik tizim ishlab chiqildi. Eksperimental ishlar 12–16 yoshli sportchilar ishtirokida olib borilib, nazorat va tajriba guruhlari shakllantirildi. O‘quv-metodik qo‘llanmaning ta’siri sportchilarning nazariy bilim darajasi, texnik tayyorgarligi, konstruktorlik ko‘nikmalari hamda musobaqa natijalari orqali baholandi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan metodikaning mashg‘ulot samaradorligini sezilarli darajada oshirganini va texnik sport turlarida tizimli yondashuv zarurligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar raketamodel sportini rivojlantirish, yoshlarni muhandislik-texnik faoliyatga yo‘naltirish hamda sport maktablari faoliyatini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.



