"QADIMGI QOYATOSH RASMLARI O'RTA OSIYO XALQLARI MADANIY MEROSINING DASTLABKI MANBALARI SIFATIDA: ULARNING KELIB CHIQISHI, MAZMUNI VA TARIXIY AHAMIYATI"
收藏资源简介:
Mazkur maqolada O‘rta Osiyo hududida topilgan qadimgi qoyatosh rasmlari (petrogliflar) ushbu mintaqa xalqlarining eng dastlabki madaniy, diniy va ijtimoiy hayotini o‘rganish uchun muhim manba sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Sarmishsoy, Zarautsoy kabi yirik yodgorliklardagi tasvirlarning eramizdan avvalgi ming yilliklarga oid xususiyatlari, ularning badiiy uslubi, mazmuni va ramziy ma’nolari ilmiy asosda yoritilgan. Qoyatosh rasmlarining ovchilik, chorvachilik, turmush tarzi, qadimgi e’tiqodlar hamda jamoaviy hayot haqidagi tasavvurlarni aks ettirishi ular O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy merosini o‘rganishda beqiyos manba ekanini ko‘rsatadi. Maqola O‘rta Osiyo tarixiy-madaniy jarayonlarining ilk bosqichlarini ochib berishda petrogliflarning o‘rni va ahamiyatini tahlil qilishga qaratilgan.



