YOSH KURASHCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHDA HARAKATLI O'YINLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada yosh kurashchilarning texnik tayyorgarligini rivojlantirish jarayonida harakatli o‘yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga maxsus yo‘naltirilgan harakatli o‘yinlarni kiritish orqali yosh sportchilarda kurash texnikalarini o‘zlashtirish, koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish, tezkor qaror qabul qilish va texnik harakatlarni o‘zgaruvchan sharoitda qo‘llash imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat. Tadqiqotda ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, pedagogik tajriba, testlash, ekspert baholash hamda matematik-statistik usullardan foydalanildi. Tadqiqot natijalari harakatli o‘yinlarni kurashning texnik mazmuniga moslashtirib qo‘llash yosh kurashchilarning texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini an’anaviy mashg‘ulot usullariga nisbatan samaraliroq rivojlantirishini ko‘rsatdi. Xususan, o‘yinli topshiriqlar koordinatsiya, muvozanat, fazoviy yo‘nalishni aniqlash, reaksiyaning tezligi hamda texnik usullarni vaziyatga mos tanlash qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yosh kurashchilar bilan olib borilgan boshqa tadqiqotlarda ham o‘yin va koordinatsion murakkablikka asoslangan mashqlar texnik tayyorgarlikning asosiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashi qayd etilgan.



