Diagnostic and prognostic significance of renal interstitial injury biomarkers (NGAL, KIM-1, L-FABP, Cystatin C, IL-18) in patients with pyelonephritis (Literature review)
收藏资源简介:
Piyelonefrit bilan kasallangan bemorlarda buyrak to`qimasini morfologik xususiyatlarini o`rganishning imkoniyatlari birmuncha cheklangan, chunki punksion biopsiya bolalarda xavfli gemorragik asoratlarga olib kelishi mumkin, bu esa buyrak morfofunksional diagnostikasidagi qiyinchiliklarni oshiradi. Siydikdagi fermentlar faolligini tahlil qilish, nefronning tubulyar tuzilmalaridagi shikastlanishni erta bosqichda aniqlash va patologik jarayonning rivojlanishini baholashda istiqbolli usul sifatida qaralmoqda. Enzimuriyaning klinik qiymati, an`anaviy diagnostika usullariga nisbatan ertaroq ma`lumot berish qobiliyati bilan bog`liq [14, 15]. Nefronning turli bo`limlarida rivojlanadigan patologik jarayonlar hujayra membranalari barqarorligining buzilishiga, lizosomal apparat aktivlashuviga va og`ir shikastlanish holatida sitolizga olib kelishi mumkin. Ushbu o`zgarishlar siydikda hujayraviy fermentlar ekskretsiyasining kuchayishiga olib kelib, tubulo-interstitsial shikastlanishning darajasini aks ettiruvchi biomarker vazifasini bajaradi.



