遇见数据集

JIGAR PATOLOGIYASIDA O'T QOPIDAGI GISTOPATOMORFOLOGIK O'ZGARISHLAR

收藏
Zenodo2026-05-19 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Jigar patologiyalari kechishida o‘t qopi devorida yuzaga keladigan gistologik transformatsiyalarni tadqiq etish biliar tizim asoratlarini barvaqt aniqlash va kasallik prognozini belgilashda strategik ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqotda jigar diffuz kasalliklari fonida o‘t qopi devorining gistopatomorfologik o‘zgarishlari va strukturaviy qayta qurilish qonuniyatlari kompleks tahlil qilindi. Gistologik va morfometrik tekshiruvlar natijasida o‘t qopi devori barcha qatlamlarida destruktiv-distrofik jarayonlar, shilliq qavat epiteliyining reaktiv transformatsiyasi va Rokitanskiy-Ashoff sinuslari shakllanishi aniqlandi. Ayniqsa, mushak qavatidagi diffuz fibroz va perivaskulyar sklerozlanish darajasi jigar parenximasidagi destruksiya jadalligi bilan bevosita korrelyatsiya qilishi isbotlandi. Aniqlangan gistomorfologik markerlar jigar patologiyalarining og‘irlik darajasini baholashda va biliar tizimdagi patomorfologik transformatsiyalarni prognozlashda yuqori diagnostik informativlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-19
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务