five

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILAR IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-01-23 更新2026-05-26 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.18351584
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Mazkur maqolada integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish tizimini takomillashtirish masalalari yoritiladi. Zamonaviy ta’lim sharoitida pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyasi, ijodiy tafakkuri va innovatsion faoliyati ta’lim sifati va samaradorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Shu bois bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida fanlararo integratsiya, nazariya va amaliyot uyg‘unligi, shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Annotatsiyada integrativ yondashuvning mohiyati, uning bo‘lajak o‘qituvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada ta’lim jarayonida muammoli o‘qitish, loyiha faoliyati, interfaol metodlar va reflektiv yondashuv asosida ijodiy faollikni oshirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, ijodiy faoliyatni rivojlantirish tizimini takomillashtirishda motivatsion, kognitiv va amaliy komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash jarayonida integrativ yondashuvni samarali qo‘llash orqali ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-23
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务