HR AI YORDAMCHILARI – TASHKILOT ICHKI KOMMUNIKATSIYASIDA
收藏Zenodo2026-01-03 更新2026-05-26 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.18137407
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Mazkur maqolada korxona va tashkilotlarda sun'iy intellekt (SI) asosidagi HR chat-botlarni joriy etishning ichki kommunikatsiya sifatini oshirishdagi oʻrni ilmiy-analitik yondashuv asosida yoritiladi. Tadqiqotda chat-botlar orqali HR xizmatlarini “raqamli self-service” modeliga oʻtkazish, murojaatlarga 24/7 rejimda tezkor javob berish, axborotni “single source of truth” tamoyili boʻyicha standartlashtirish hamda inson faktori bilan bogʻliq xatolarni kamaytirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, chat-botlarni HRM/HRIS va ichki normativ-huquqiy bilim bazasi bilan integratsiya qilish orqali personallashtirilgan ma'lumot berish (masalan, ta'til qoldigʻi, imtiyozlar) imkoniyatlari asoslanadi. Maqolada HR mutaxassislari operatsion yukining qisqarishi, ularning strategik vazifalarga (HRBP, workforce planning, L&D, talent management) qayta yoʻnalishi va xizmat sifatini KPIlar (case deflection, CSAT/NPS) orqali boshqarish yondashuvlari ham koʻrib chiqiladi. IBM AskHR keysi misolida avtomatlashtirish natijalari va amaliy samaradorlik omillari umumlashtiriladi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-03



