BOLALAR VA OʻSMIRLAR TURIZMI RIVOJLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNI EKONOMETRIK BAHOLASH VA USTUVOR RIVOJLANTIRISH YOʻNALISHLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar turizmi rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar ekonometrik yondashuv va empirik tadqiqotlar asosida baholandi. Tadqiqotda respondentlar soʻrovi natijalari hamda konseptual koʻp omilli model yordamida infratuzilma, xizmatlar sifati, transport-logistika, xavfsizlik, raqamli xizmatlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash omillarining ustuvorligi aniqlandi. Olingan natijalar asosida bolalar va oʻsmirlar turizmini rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqildi hamda ustuvor rivojlantirish yoʻnalishlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Tadqiqot natijalari boshqaruv qarorlarini takomillashtirish, institutsional hamkorlikni kuchaytirish, xizmatlar sifatini oshirish va bolalar hamda oʻsmirlar turizmining barqaror rivojlanishini ta'minlashga xizmat qilganini koʻrsatdi.



