遇见数据集

NEFT MAHSULOTI DIZELNING EKOLOGIK XOSSALARINI YAXSHILASHDA ETANOL VA RAPS MOYIDAN QO'SHIMCHA SIFATIDA FOYDALANISH

收藏
Zenodo2026-08-12 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Bugungi kunda ekologik muammolarning kuchayishi, atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorining ortib borishi hamda energiya resurslariga bo‘lgan talabning oshishi sababli muqobil va ekologik xavfsiz yoqilg‘i turlarini yaratish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dizel yoqilg‘isi transport va sanoat sohasida keng qo‘llanilishiga qaramasdan, uning yonishi natijasida karbonat angidrid, azot oksidlari, oltingugurt birikmalari va qattiq zarrachalar kabi zararli moddalar hosil bo‘ladi. Ushbu ilmiy maqolada dizel yoqilg‘isining ekologik xossalarini yaxshilash maqsadida etanol va raps moyidan qo‘shimcha komponent sifatida foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida etanolning kislorodli qo‘shimcha sifatidagi roli, raps moyining biologik kelib chiqishi va ularning dizel bilan aralashmasining yonish jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu qo‘shimchalarning chiqindi gazlar tarkibini kamaytirish, yonilg‘i samaradorligini oshirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni pasaytirishdagi afzalliklari ilmiy jihatdan asoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, etanol va raps moyining dizel tarkibiga ma’lum foizlarda qo‘shilishi ekologik ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi hamda barqaror energetik rivojlanishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-08
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务