遇见数据集

ALOPESIYA: ETIOLOGIYA, PATOGENEZ, KLINIK KO'RINISHLAR VA ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI

收藏
Zenodo2026-02-10 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Alopesiya (soch to‘kilishi) dermatologiya va trixologiya sohasida muhim muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada alopesiyaning kelib chiqish sabablari, patogenezi, klinik ko‘rinishlari, diagnostika usullari va zamonaviy davolash yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda alopesiyaning turli shakllari, jumladan androgenetik alopesiya, alopesiya areata, diffuz va chandiqli alopesiya turlari muhokama qilinadi. Shuningdek, irsiy omillar, gormonal o‘zgarishlar, autoimmun jarayonlar, stress, noto‘g‘ri ovqatlanish va ekologik muhitning ta’siri keng yoritiladi. Maqolada zamonaviy diagnostika metodlari, jumladan trixoskopiya, laborator tekshiruvlar va biopsiya usullarining ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Davolash jarayonida farmakologik preparatlar, fizioterapiya, mezoterapiya, PRP-terapiya va jarrohlik usullarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari alopesiyani erta aniqlash va individual davolash rejalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur ilmiy ish tibbiyot talabalari, dermatologlar va trixologlar uchun amaliy qo‘llanma vazifasini o‘taydi. Maqola alopesiyaning oldini olish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot natijalari kelajakda soch to‘kilishini davolashda yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga asos bo‘la oladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务