遇见数据集

BIXAVILZM PSIXOLOGIYA FANIDA INQILOBIY YO'NALISH SIFATIDA

收藏
Zenodo2026-01-31 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada bixeviorizm psixologiya fanida XX asr boshlarida shakllangan va ilmiy tafakkur taraqqiyotida tub burilish yasagan inqilobiy yo‘nalish sifatida tahlil qilinadi. Bixeviorizm inson psixikasini o‘rganishda subyektiv hodisalar — ong, his-tuyg‘u va introspeksiyani ilmiy tadqiqot predmeti sifatida cheklab, faqat tashqi kuzatiladigan xulq-atvorni obyektiv o‘rganishni asosiy metodologik tamoyil sifatida ilgari surdi. Ushbu yondashuvning nazariy poydevori amerikalik olim J.B. Uatson tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u psixologiyani tabiiy fanlar qatoriga olib chiqishni maqsad qilgan. Keyinchalik bixeviorizm g‘oyalari B. F. Skinner tomonidan operant shartlanish nazariyasi orqali yanada rivojlantirildi. Mazkur yo‘nalish ta’lim psixologiyasi, pedagogika, mehnat psixologiyasi va klinik amaliyotda keng qo‘llanilib, rag‘bat va jazoga asoslangan o‘rganish mexanizmlarini ilmiy asoslab berdi. Maqolada bixeviorizmning kuchli jihatlari bilan bir qatorda, uning insonning ichki psixik jarayonlarini yetarlicha qamrab olmasligi bilan bog‘liq metodologik cheklovlari ham tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari bixeviorizm psixologiya fanining empiriklashuvi va eksperimental metodlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etganini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务