遇见数据集

FIZIKA FANIDAN MUSTAQIL TA'LIMNI KREDIT-MODUL TIZIMIDA TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI

收藏
Zenodo2026-06-04 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada kredit-modul tizimi sharoitida fizika fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik va metodik jihatlari tahlil qilingan. Kredit-modul tizimining mohiyati, uning oliy ta’limdagi o‘rni hamda talaba markazli ta’limni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, fizika fanini o‘qitishda Moodle, Google Classroom, PhET Interactive Simulations, Quizizz va Google Forms kabi raqamli platformalarning mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan mustaqil ta’lim talabalarning bilimlarni mustaqil egallash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Olingan natijalar kredit-modul tizimida fizika fanidan mustaqil ta’limni takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务