OITS VA OIV INFEKSIYASI: MIKROBIOLOGIK XUSUSIYATLARI, TASHXISI VA PROFILAKTIKASI
收藏资源简介:
Ushbu maqola OIV infeksiyasi va OITSning mikrobiologik xususiyatlari, yuqish yo‘llari, laborator tashxisi, profilaktikasi hamda davolash tamoyillariga bag‘ishlangan. Odam immun tanqisligi virusi (OIV) Retroviridae oilasiga mansub bo‘lib, asosan immun tizimidagi CD4 limfotsitlarni zararlaydi. Natijada organizmning himoya kuchi pasayadi va opportunistik infeksiyalar rivojlanadi. Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) esa OIV infeksiyasining yakuniy bosqichi hisoblanadi. Maqolada virusning tuzilishi, replikatsiya jarayoni, epidemiologiyasi, klinik bosqichlari, laborator diagnostika usullari va profilaktik choralar yoritilgan. Ayniqsa, ELISA, immunoblot va PZR kabi serologik hamda molekulyar diagnostika usullarining ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Profilaktik choralarga sog‘lom turmush tarzi, donor qonini nazorat qilish, steril tibbiy asboblardan foydalanish va o‘z vaqtida antiretrovirus terapiya kiradi. Erta tashxis va muntazam davolash bemorlarning umr davomiyligi hamda hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. OIV infeksiyasi bugungi kunda ham global tibbiy va ijtimoiy muammo bo‘lib qolmoqda.



