遇见数据集

"GIRYON" ROMANIDA SHAXS VA JAMIYAT MUNOSABATINING XARAKTER YARATISHDAGI BADIIY IFODASI

收藏
Zenodo2026-08-18 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya: Mazkur maqolada Nazar Eshonqulning “Giryon” romanida shaxs va jamiyat munosabatining badiiy talqini hamda ushbu munosabatning qahramon xarakterini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Asarda shaxsning jamiyat bilan aloqasi oddiy ijtimoiy munosabat sifatida emas, balki insonning o‘zligini anglash, mavjudlik mazmunini izlash va ma’naviy tayanch topish jarayoni sifatida namoyon bo‘lishi asoslanadi. Roman qahramonlarining xarakteri voqea-hodisalar orqali emas, ko‘proq ruhiy kechinmalar, ichki monolog, ong oqimi, dialogik munosabatlar, ijtimoiy tarmoqdagi muloqotlar va ramziy obrazlar vositasida ochilishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, roviy va Tarso obrazlari misolida turli avlod vakilining jamiyatga, insoniy munosabatlarga, muhabbatga, e’tiqodga va hayot mazmuniga munosabati qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida “Giryon” romanida shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyat qahramon xarakterining asosiy harakatlantiruvchi omillaridan biri ekanligi aniqlanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-18
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务