TALABA QIZLAR SOMATIK SALOMATLIGINI SOG'LOMLASHTIRUVCHI GIMNASTIKA VOSITALARI ORQALI KORREKSIYALASH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba qizlarning somatik salomatligini sog‘lomlashtiruvchi gimnastika vositalari orqali korreksiyalash muammosi ilmiy asosda tahlil qilinadi; uning dolzarbligi zamonaviy ta’lim sharoitida kamharakatlilik, noto‘g‘ri turmush tarzi va psixo-emotsional zo‘riqishlar tufayli sog‘liq ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan izohlanadi. Tadqiqotda somatik salomatlik tushunchasi va asosiy ko‘rsatkichlari yoritilib, ilmiy-uslubiy tahlil, pedagogik kuzatuv hamda tajriba-sinov metodlari asosida sog‘lomlashtiruvchi gimnastika mashqlarining mushak, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlariga ijobiy ta’siri asoslab berildi. Maxsus mashqlar kompleksi natijasida talaba qizlarning jismoniy rivojlanishi, egiluvchanligi, chidamliligi va umumiy funksional holati sezilarli yaxshilangani aniqlandi hamda olingan natijalar ushbu vositalarning samaradorligini tasdiqlab, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini takomillashtirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatildi.



