YAPON ISHBILARMONLIK DISKURSIDA DIREKTIV NUTQIY AKTNING SAVOL SHAKLI ORQALI VOQELANISHI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada yapon ishbilarmonlik diskursida savol shakli orqali voqelanadigan direktiv nutqiy aktlarning pragmatik funktsiyasi tahlil qilinadi. Ishbilarmonlik muloqotida so‘zlovchi ko‘p hollarda adresatdan muayyan harakatni bajarishni, javob qaytarishni, kutishni, qayta qo‘ng‘iroq qilishni, ma’lumot berishni yoki muddatni aniqlashtirishni so‘raydi. Biroq yapon tilida bunday harakatga undash mazmuni odatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruq shaklida emas, savol shaklidagi iltimos-so‘rov turg‘un iboralari orqali ifodalanadi. Maqolada yapon ishbilarmonlik muloqotida qo‘llanadigan bilvosita turg‘un savol konstruktsiyalari asosida savol shaklining harakatga undash, nutqiy bosimni kamaytirish, ishbilarmonlik etiketini saqlash va adresatga shartli tanlov imkoni qoldirish funktsiyalari ko‘rib chiqiladi. Tahlilga ko‘ra, gapning nutqiy aktning savol shakli yapon ishbilarmonlik diskursida faqat axborot so‘rash vositasi emas, balki bilvosita direktiv ifoda sifatida ham qo‘llanishini ko‘rsatadi.



