遇见数据集

Fe₂O₃ ASOSIDAGI PIGMENTLARNING SELLYULOZA VA IPAK TOLALARIGA SORBSIYASINING MOLEKULYAR TAHLILI

收藏
Zenodo2026-08-12 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada temir (III) oksid (Fe₂O₃) asosidagi pigmentlarning sellyuloza (paxta) va ipak tolalariga sorbsiyalanish mexanizmlari kompleks tahlil qilingan va Fe₂O₃ni sanoat gazli chiqindilari — asosan temir eritish pechlari hamda metallurgiya gazlari — tarkibidagi chang va aerozol zarrachalaridan ajratib olishning texnologik jarayonlari batafsil ko'rib chiqilgan. Tadqiqot ikkita asosiy yo'nalishni qamrab oladi: adabiyot ma'lumotlari asosida sorbsiya nazariyasini tizimlashtirish hamda gazli muhitdan Fe₂O₃ ajratib olishda qo'llaniladigan quruq va ho'l tozalash texnologiyalari, siklonli separatorlar, elektrostatik filtrlar va matoli filtrlar samaradorligini qiyosiy baholash. Fe₂O₃ zarrachalarining sellyuloza –OH guruhlari bilan vodorod bog'lari va koordinatsion bog'lar orqali, ipak fibroinining –NH₂ va –COOH guruhlari bilan esa elektrostatik va donor-akseptor mexanizmlari orqali ta'sirlashishi aniqlangan. Adsorbsiya izotermalari Langmuir modeliga, kinetika esa psevdo-ikkinchi tartib tenglamasiga muvofiq kelishi adabiyotlar tahlili natijasida tasdiqlangan. Ipak tolasi amfoter tabiati tufayli Fe₂O₃ pigmentini paxtaga qaraganda nisbatan yuqori darajada sorbsiyalashi ko'rsatilgan. Olingan natijalar Fe₂O₃ asosidagi bo'yoq tizimlarini takomillashtirish va yangi funksional to'qimachilik materiallarini yaratish uchun asos bo'la oladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-23
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务