SEL-SUV OMBORLI GIDROUZELLAR GRUNT TO'G'ONLARINING FILTRATSIYA VA STATIK ISHONCHLILIGINI BAHOLASH (BAG'IMAZARSOY SEL-SUV OMBORI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sel-suv omborli gidrouzellarda barpo etilgan grunt to‘g‘onlarning filtratsiya jarayonlari va statik ishonchliligini baholash masalalari Bag‘imazarsoy sel-suv ombori misolida ko‘rib chiqilgan. Grunt to‘g‘on tanasi va uning zaminida yuz beradigan filtratsiya oqimlarining shakllanishi, depressiya egri chizig‘ining holati, filtratsiya sarfi, g‘ovaklik bosimi hamda gruntlarning filtratsion deformatsiyalarga moyilligi tahlil qilingan. To‘g‘onning yuqori va quyi qiyaliklari barqarorligiga suv sathining o‘zgarishi, gruntning fizik-mexanik xossalari, gidrodinamik bosim, seysmik ta’sir hamda uzoq muddatli ekspluatatsiya omillarining ta’siri baholangan. Tadqiqotda filtratsiyaning nazariy asoslari Darsi qonuni, suv balansi tenglamalari va depressiya egri chizig‘ini aniqlash usullari asosida yoritilgan. To‘g‘on qiyaliklarining statik barqarorligini baholashda chegaraviy muvozanat tamoyillari, jumladan, doiraviy siljish yuzasi bo‘yicha hisoblash yondashuvlaridan foydalanilgan. Filtratsiya oqimining to‘g‘on tanasi va zaminiga ta’siri, quyi qiyalik hududida filtratsiya gradientining ortishi hamda suffoziya va ichki eroziya jarayonlarining yuzaga kelish ehtimoli ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, grunt to‘g‘onlarning ishonchli ishlashi filtratsiyaga qarshi elementlarning samaradorligi, drenaj tizimining texnik holati, grunt qatlamlarining bir jinsliligi va qiyaliklarning barqarorlik koeffitsiyentlariga bevosita bog‘liq. Suv omborining normal dimlangan sathida to‘g‘onning statik barqarorligi qoniqarli bo‘lishi mumkinligi, biroq suv sathining keskin pasayishi, drenaj tizimining ishlash samaradorligi kamayishi yoki seysmik yuklarning yuzaga kelishi xavfsizlik koeffitsiyentining pasayishiga olib kelishi aniqlangan.



