RAQAMLI TA'LIM RESURSLARINING TA'LIM JARAYONIDAGI O'RNI VA PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada raqamli ta’lim resurslarining (RTR) ta’lim tizimidagi ahamiyati, ularning funksional imkoniyatlari va pedagogik xususiyatlari tahlil etilgan. RTRlarning ta’lim jarayonini faollashtirish, o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini rivojlantirish, bilimlarni nazorat qilish va baholashni takomillashtirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, ushbu resurslarning ta’lim metodlari, shakllari va mazmunini modernizatsiya qilishdagi roli yoritilgan. Maqolada RTRlarning asosiy turlari, jumladan, elektron kutubxonalar, multimedia darsliklari, virtual laboratoriyalar va boshqa raqamli vositalarning didaktik imkoniyatlari ochib berilgan. Shu bilan birga, raqamli ta’lim resurslari orqali o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, axborot madaniyatini shakllantirish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.



