AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI: STRATEGIYA, TAKTIKA VA GEOPOLITIK OQIBATLAR
收藏资源简介:
Mazkur maqolada XIV–XV asrlarning ulkan jahongiri va sarkardasi Amir Temurning harbiy yurishlari, ularda qo‘llanilgan harbiy strategiya va taktikaning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ushbu yurishlarning global geopolitik jarayonlarga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda Sohibqironning razvedka va axborot tizimidan samarali foydalanishi, qo‘shinni mukammal tashkillashtirish, psixologik bosim hamda xilma-xil taktik usullarni qo‘llash mahorati yoritib beriladi. Shuningdek, uning Oltin O‘rda, Usmonli turklar imperiyasi, Dehli sultonligi va Mamluklar davlatiga qarshi yurishlari Yevrosiyo qit’asining siyosiy xaritasini qayta shakllantirgani, savdo yo‘llarini nazorat qilish va xalqaro munosabatlarni o‘zgartirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan.



