O'PKANING MAYDA HUJAYRALI SARATONIDA BIRINCHI QATOR KIMYOTERAPIYANING DAVOLASH NATIJALARI VA NOJO'YA TA'SIRLARINI BAHOLASH
收藏资源简介:
Annotatsiya. O‘pkaning mayda hujayrali saratoni (Small Cell Lung Cancer – SCLC) o‘pka saratonining eng agressiv shakllaridan biri bo‘lib, tez o‘sishi va erta metastaz berishi bilan tavsiflanadi. Mazkur tezisda birinchi qator platinaga asoslangan kimyoterapiyaning klinik natijalari hamda davolash jarayonida kuzatiladigan nojo‘ya ta’sirlar tahlil qilindi. Adabiyotlar va klinik kuzatuvlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, sisplatin yoki karboplatin hamda etopozid asosidagi davolash kasallikni nazorat qilishda yuqori samaradorlikka ega bo‘lsa-da, gematologik va gastrointestinal toksikliklar eng ko‘p uchraydigan asoratlar hisoblanadi. Davolash davomida toksiklikni erta aniqlash va qo‘llab-quvvatlovchi terapiyani o‘z vaqtida olib borish davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.



