TURP VA HOLEP USULLARINING YAXSHI SIFATLI PROSTATIK GIPERPLAZIYANI JARROHLIK DAVOLASHDAGI SAMARADORLIGI VA XAVFSIZLIGINI QIYOSIY BAHOLASH
收藏资源简介:
Yaxshi sifatli prostata giperplaziyasi (YSPG) erkaklarda pastki siydik yo‘llari simptomlarining keng tarqalgan sabablaridan biri bo‘lib, kasallikning og‘ir shakllarida jarrohlik davolash talab etiladi. Transuretral prostata rezektsiyasi (TURP) uzoq yillar davomida YSPGni jarrohlik davolashda asosiy endoskopik usullardan biri bo‘lib kelgan. Hozirgi vaqtda holmiy lazer yordamida prostata enukleatsiyasi (HoLEP) samarali va kam invaziv muqobil usul sifatida keng qo‘llanilmoqda. Mazkur maqolada TURP va HoLEP usullarining klinik samaradorligi va xavfsizligi qiyosiy baholangan. Tadqiqotda International Prostate Symptom Score (IPSS), maksimal siydik oqim tezligi (Qmax), qoldiq siydik hajmi (PVR), operatsiya davomiyligi, gemoglobin kamayishi, uretral kateterizatsiya va gospitalizatsiya muddati hamda operatsiyadan keyingi asoratlar baholandi. Olingan natijalar har ikkala usul ham siydik chiqarish simptomlarini sezilarli yaxshilashini ko‘rsatdi. HoLEP guruhida kateterizatsiya va gospitalizatsiya muddatining qisqarishi, qon yo‘qotilishining kamayishi kuzatildi. TURP guruhida esa operatsiya davomiyligi nisbatan qisqaroq bo‘ldi. Natijalar HoLEPning perioperativ xavfsizlik va bemorning tezroq tiklanishi nuqtai nazaridan muhim afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatadi.



