遇见数据集

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT PORTFELINI BOSHQARISH VA UNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH YO'LLARI ("ORIENT FINANS" XATB MISOLIDA)

收藏
Zenodo2026-08-10 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada tijorat banklarida kredit portfelini boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari, kredit risklarini samarali boshqarish hamda kredit portfelini diversifikatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda “Orient Finans” XATB misolida kredit portfeli tarkibini optimallashtirish, tarmoqlar va mijozlar kesimida kreditlarni muvozanatli joylashtirish, muammoli kreditlar ulushini kamaytirish hamda zamonaviy risk-menejment vositalaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, bank faoliyatida xalqaro standartlar, jumladan, Basel tamoyillari va IFRS 9 talablarini qo‘llashning kredit portfeli sifatini oshirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida kredit portfelini diversifikatsiya qilish bankning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, tavakkalchilik darajasini pasaytirish va kredit faoliyati samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligi xulosa qilingan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务