EKOLOGIK JIHATDAN NOQULAY HUDUDLARDA YASHOVCHI O'SMIR QIZLARDA REPRODUKTIV TIZIM RIVOJLANISHINING XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
. Millat salomatligi, asosan, tug‘ish yoshidagi ayollarning sog‘lig‘i va ularning nasl qoldirish qobiliyati bilan belgilanib, og‘ir demografik vaziyat hozirda juda ko’p mamlakatlarda muammo bo’lib, onalik, bolalik va oilani qo‘llab-quvvatlashning samarali dasturlarini ishlab chiqishni talab qiladi. O‘tgan asrning oxirgi choragida turli mamlakatlarda boshlangan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar ko‘plab madaniy va ma’naviy qadriyatlarning o’zgarishiga olib keldi, bu esa reproduktiv ko‘rsatkichlarning pasayishiga, oilaviy turmush tarzining o‘zgarishiga, turli yosh guruhlarining sog‘lig‘idagi salbiy tendensiyalarga ta’sir ko‘rsatdi va bu holatlar mamlakatning turli hududlarida turlicha namoyon bo‘lmoqda. "Sog'liqni saqlash" milliy loyihasi va reproduktiv salomatlik konsepsiyasini joriy etish nafaqat tug'iladigan bolalar sonini ko'paytirish, balki yashayotgan va kelajakdagi aholining sog'lig'ini optimallashtirish imkonini beradi. Turli yosh davrlarida ayollar reproduktiv tizimining faoliyati xususiyatlarini, iqlim-geografik va agroekologik omillarning ularning reproduktiv tizimiga ta'sirini o'rganish, shuningdek, bu omillar ta'sirida yuzaga keladigan o'zgarishlarni o'rganish juda muhim vazifa hisoblanadi. Kalit so’zlar: reproduksiya, zararli faktorlar, menstrual funksiya.



