TUMANLARDA JAMOAT MARKAZLARINING SHAKLLANISH TAMOYILLARI: XORIJIY TAJRIBA VA NAZARIY ASOSLAR TAHLILI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada tuman miqyosida jamoat markazlarini shakllantirishning nazariy asoslari va xorijiy tajribalar tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqot Fransiya, Niderlandiya, Singapur va Germaniya kabi davlatlar misolida jamoat markazlarining hududiy tashkil etilishi, xizmat radiuslari va ko‘p markazli tizimlari asosida olib borildi. Nazariy jihatdan Christallerning “Markaziy o‘rinlar nazariyasi”, Lynch va Gehl konsepsiyalari asosida jamoat markazlarining fazoviy va funksional roli yoritildi. Tadqiqot natijasida jamoat markazlarini shakllantirishning asosiy tamoyillari sifatida ierarxik tizim, ko‘p funksiyalilik, transport integratsiyasi va hududiy qulaylik aniqlanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asosda isbotlandi. Olingan natijalar O‘zbekiston, xususan Xorazm viloyati tumanlari uchun moslashtirilgan rejalashtirish modelini ishlab chiqishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.



