遇见数据集

QOLDIQ SIYDIK — PROSTATA BEZI YAXSHI SIFATLI GIPERPLAZIYASI PROGRESSIYASINING PREDIKTORI

收藏
Zenodo2026-09-27 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Prostata bezi yaxshi sifatli giperplaziyasi (PBYSG) keksa va keksa yoshdagi erkaklarda uchraydigan, siydik chiqarishning pastki yo‘llari simptomlari bilan namoyon bo‘luvchi keng tarqalgan urologik kasalliklardan biridir. Kasallikning progressiyasi siydik pufagida qoldiq siydik hajmining ortishi, o‘tkir siydik tutilishi va jarrohlik davolashga ehtiyojning yuzaga kelishi bilan kechishi mumkin. Qoldiq siydik hajmini aniqlash PBYSG kechishini baholash va kasallik progressiyasi xavfini prognozlashda muhim klinik ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Maqsad: PBYSG bilan og‘rigan bemorlarda qoldiq siydik hajmining kasallik progressiyasi bilan bog‘liqligini baholash va uning prognostik ahamiyatini aniqlash. Material va usullar: Tadqiqotda PBYSG tashxisi qo‘yilgan bemorlarning klinik-anamnestik ma’lumotlari, pastki siydik yo‘llari simptomlari, prostata hajmi, maksimal siydik oqimi tezligi va qoldiq siydik hajmi tahlil qilindi. Qoldiq siydik ultratovush tekshiruvi yordamida baholandi. Natijalar: Qoldiq siydik hajmining ortishi PBYSG klinik kechishining og‘irlashishi va kasallik progressiyasi xavfining oshishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Xulosa: Qoldiq siydik hajmi PBYSG progressiyasini baholashda muhim prognostik ko‘rsatkich bo‘lib, bemorlarni dinamik kuzatish va davolash taktikasini tanlashda qo‘llanilishi mumkin.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务