遇见数据集

MENEJMENTLIK BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISHNING AVTONOM VA INTEGRATSIYALASHGAN TIZIMLARI.

收藏
Zenodo2026-05-22 更新2026-05-29 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada menejmentlik buxgalteriya hisobini tashkil etishning avtonom va integratsiyalashgan tizimlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ushbu tizimlarning iqtisodiy mazmuni, boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati hamda korxona faoliyati samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Avtonom tizimda moliyaviy va boshqaruv hisobining alohida yuritilishi natijasida ichki nazorat va maxfiy boshqaruv ma’lumotlarining aniqligi ta’minlanishi asoslab berilgan. Integratsiyalashgan tizimda esa hisob axborotlarining yagona bazada shakllanishi, resurslardan oqilona foydalanish hamda tezkor boshqaruv imkoniyatlari kengayishi tahlil etilgan. Shuningdek, korxonaning faoliyat turi, tashkiliy tuzilmasi va strategik maqsadlaridan kelib chiqib, qaysi tizimdan foydalanish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarda zamonaviy boshqaruv hisobini samarali tashkil etish va boshqaruv qarorlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-22
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务