遇见数据集

XUSUSIY TA'LIM MUASSASALARIDA KADRLAR BOSHQARUVIDA PROJECT MANAGEMENT METODOLOGIYASINI QO'LLASH SAMARADORLIGI

收藏
Zenodo2026-02-08 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu ilmiy maqolada xususiy ta’lim muassasalarida kadrlar boshqaruvi tizimini takomillashtirishda project management (loyihalarni boshqarish) metodologiyalarini qo‘llash samaradorligi kompleks ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim muassasalarining inson kapitaliga tayangan holda rivojlanishi, pedagogik va boshqaruv kadrlarining kasbiy salohiyatini oshirishda loyiha yondashuvining tutgan o‘rni chuqur o‘rganiladi. Maqolada loyiha boshqaruvi metodologiyalarining (PMBOK, Agile, KPI asosidagi boshqaruv) kadrlar tanlash, moslashuv, motivatsiya, baholash va rivojlantirish jarayonlariga integratsiyalashuvi natijasida boshqaruv samaradorligi, mehnat unumdorligi va tashkiliy muvofiqlik darajasining oshishi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, inson omilining — rahbarlik kompetensiyalari, jamoaviy ishlash madaniyati, mas’uliyat va tashabbuskorlikning — loyiha boshqaruvidagi hal qiluvchi ahamiyati empirik va nazariy tahlillar orqali asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari xususiy ta’lim muassasalarida zamonaviy kadrlar boshqaruvi mexanizmlarini shakllantirish va barqaror raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-08
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务