遇见数据集

Vitagen ta'lim texnologiyasi asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining perseptiv qobiliyatlarini rivojlantirish

收藏
Zenodo2026-02-09 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada vitagen ta’lim texnologiyasi asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining perseptiv qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi shaxsining kasbiy kompetentligini shakllantirish, xususan, o‘quvchini idrok etish, anglash, tushunish va baholash bilan bog‘liq bo‘lgan perseptiv qobiliyatlarni rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Vitagen ta’lim texnologiyasi shaxsning hayotiy tajribasi, subyektiv bilimi va individual idrok xususiyatlarini o‘quv jarayoniga integratsiyalash orqali o‘rganishni faollashtiruvchi samarali vosita sifatida tahlil qilingan. Maqolada nazariy tahlil, pedagogik kuzatuv, suhbat, diagnostik metodlar va tajriba-sinov ishlari asosida olingan natijalar bayon etilgan. Tadqiqot natijalari vitagen ta’lim texnologiyasi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida perseptiv sezgirlik, pedagogik kuzatuvchanlik va refleksiv tafakkurni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-09
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务