遇见数据集

O'TKIR MIOKARD INFARKTI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA KOGNITIV BUZILISHLARNI O'RGANISH VA ULARNING KLINIK-PROGNOSTIK AHAMIYATI

收藏
Zenodo2026-07-19 更新2026-08-02 收录
官方服务:

资源简介:

O‘tkir miokard infarkti (OMI) yurak-qon tomir kasalliklari orasida o‘lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi OMI bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlarning uchrash darajasini aniqlash, ularning klinik xususiyatlari va prognostik ahamiyatini baholashdan iborat. Tadqiqot davomida bemorlarning kognitiv holati MoCA va MMSE testlari yordamida baholandi hamda klinik va laborator ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilindi. Natijalar kognitiv buzilishlar bemorlarning aksariyatida uchrashi, ularning yoshi, hamroh kasalliklari va miokard shikastlanish darajasi bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Kognitiv buzilishlarning mavjudligi kasallik prognozining yomonlashishi, takroriy yurak-qon tomir hodisalari va reabilitatsiya samaradorligining pasayishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar OMI bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv funksiyalarni erta skrining qilish va kompleks baholash muhim klinik ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-19
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务