SURUNKALI RINOSINUSIT BILAN OG'RIGAN BEMORLARNI TASHXISLASH VA DAVOLASH PROTOKOLINI KLINIK ASOSLASH
收藏资源简介:
Surunkali rinosinusit — burun va yondosh sinuslarning 12 haftadan ortiq davom etuvchi yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, u nafas olish funksiyasi, hayot sifati va umumiy sog‘liq holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tezisda surunkali rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash protokollarini klinik asoslash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy diagnostika usullari, xususan, endoskopik tekshiruv, kompyuter tomografiyasi hamda laborator tahlillarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, konservativ va jarrohlik davolash usullarining samaradorligi ilmiy asosda baholanadi. Individual yondashuv, etiologik omillarni aniqlash va kompleks terapiya qo‘llash orqali davolash natijalarini yaxshilash mumkinligi asoslab berilgan.



