遇见数据集

TURK XOQONLIGINING TASHKIL TOPISHI

收藏
Zenodo2026-08-18 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu ilmiy maqolada VI asr o‘rtalarida Markaziy Osiyo va Yevroosiyo dashtlarida shakllangan yirik harbiy-siyosiy tuzilma — Turk xoqonligining tashkil topishi va uning davlatichilik poydevori kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda Ashina urug‘ining yuksalishi, Eftaliylar va Jujan (Rouran) xonligi bilan diplomatik hamda harbiy munosabatlar, 552-yilda Bumin xoqon boshchiligida mustaqil davlatning e’lon qilinishi faktik va manbashunoslik ma’lumotlari asosida yoritilgan. Shuningdek, xoqonlikning g‘arbiy yo‘nalishdagi harbiy yurishlari, Buyuk Ipak yo‘li ustidan nazorat o‘rnatilishi hamda Sosoniylar va Vizantiya imperiyasi bilan uch tomonlama diplomatik aloqalarning o‘rnatilishi tarixiy manbalar (Qadimgi turk bitiklari, Xitoy sulolaviy somnomalari va Vizantiya xronikalari) vositasida atroflicha tahlil etilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-18
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务