遇见数据集

POLIMER-GIBRID NANOADSORBENTLAR ASOSIDA FARMATSEVTIK IFLOSLANTIRUVCHILARNI SORBSIYALASHNING ZAMONAVIY STRATEGIYALARI: SINTEZ, SIRT MODIFIKATSIYASI VA ADSORBSION SAMARADORLIGI

收藏
Zenodo2026-09-06 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada suv resurslarida tobora ko'proq aniqlanayotgan farmatsevtik ifloslantiruvchi moddalarni (antibiotiklar, og'riq qoldiruvchi va gormonal preparatlar) polimer-gibrid nanoadsorbentlar yordamida sorbsiyalashning zamonaviy strategiyalari ko'rib chiqilgan. An'anaviy suv tozalash inshootlarining bunday moddalarni to'liq ushlab qololmasligi muammosi ilmiy dolzarblikni belgilaydi. Ishda nanoadsorbentlarni sintez qilishning in situ, aralashtirish, yuza modifikatsiyasi va sol-gel usullari tahlil qilingan, shuningdek funksional guruhlar (–COOH, –NH₂, –OH) bilan sirt modifikatsiyasi natijasida adsorbsion selektivlik va sig'imning oshishi ko'rsatilgan. Adsorbsiya izotermalari (Langmuir, Freundlich) va kinetik modellar (pseudo-birinchi va pseudo-ikkinchi tartib) yordamida sorbsion jarayonning mexanizmi va samaradorligi baholangan. Olingan natijalar polimer-gibrid nanoadsorbentlarni farmatsevtik ifloslantiruvchilardan suvni tozalashda istiqbolli material sifatida qo'llash imkoniyatlarini asoslaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-06
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务