遇见数据集

ALAYA PIRAKANTANI (PYRACANTHA COCCINEA ROEM.) SHO'R TUPROQLARDA QALAMCHADAN VA URUG'DAN KO'PAYTIRISH SAMARADORLIGI

收藏
Zenodo2026-09-29 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada alaya pirakanta — Pyracantha coccinea Roem. turini sho‘r tuproqlarda qalamcha va urug‘ orqali ko‘paytirish imkoniyatlari hamda samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotlar davomida qalamchalarning turli uzunliklari, ekish muddatlari, ildiz hosil qilish stimulyatorlaridan foydalanish va urug‘larni ekishdan oldingi tayyorlash usullarining nihol hosil bo‘lishiga ta’siri o‘rganildi. Kuzgi muddatda 8, 12 va 16 sm uzunlikdagi qalamchalar ildiz hosil qilmagan, suvda esa ildizsimon tuzilmalar hosil bo‘lsada, ular tuproq sharoitiga moslasha olmagan. Bahorgi qalamchalarga Kornevin va geteroauksin bilan ishlov berilganda umumiy ildiz otish ko‘rsatkichi 30 % ni tashkil etdi. Urug‘ tajribalarida esa 25 °C haroratda stratifikatsiyadan o‘tkazilgan urug‘larda 30 % unuvchanlik kuzatildi. Olingan natijalar P. coccinea ni ko‘paytirishda qalamchalarni bahorgi muddatda stimulyatorlar bilan ishlov berish hamda urug‘larni sovuq stratifikatsiyadan o‘tkazish muhim ekanligini ko‘rsatdi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务