遇见数据集

Boshlang'ich ta'limda sun'iy intellektdan foydalanish: imkoniyatlar va muammolar

收藏
Zenodo2026-09-26 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada zamonaviy raqamli ta’lim muhitining muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotgan sun’iy intellekt texnologiyalaridan boshlang‘ich ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik imkoniyatlari, amaliy ahamiyati va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolari kompleks ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt vositalarining o‘quvchilarning individual ta’lim ehtiyojlarini hisobga olish, o‘quv materiallarini yosh va bilim darajasiga moslashtirish, interaktiv topshiriqlar yaratish, tezkor teskari aloqa berish hamda o‘qituvchining metodik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari yoritiladi. Shu bilan birga, boshlang‘ich maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixologik va pedagogik xususiyatlari hisobga olingan holda sun’iy intellektdan foydalanishning chegaralari ham muhokama qilinadi. Xususan, tayyor javoblarga ortiqcha tayanish, mustaqil va tanqidiy fikrlashning susayishi, noto‘g‘ri axborotdan foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, raqamli tengsizlik hamda o‘qituvchi nazoratining ahamiyati kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada sun’iy intellektni o‘qituvchining o‘rnini bosuvchi vosita sifatida emas, balki pedagogik maqsadlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlovchi texnologik imkoniyat sifatida qo‘llash zarurligi asoslanadi. Shuningdek, undan samarali foydalanishning asosiy shartlari sifatida yoshga moslik, pedagogik maqsadga muvofiqlik, insoniy nazorat, axborot xavfsizligi va o‘quvchining mustaqil faoliyatini saqlab qolish tamoyillari ilgarisuriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务