INKLYUZIV TA'LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik asoslari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarning imkoniyati cheklangan o‘quvchilar ta’lim sifati, o‘quv motivatsiyasi va ijtimoiy moslashuviga ta’siri o‘rganildi. Metodologik yondashuv sifatida pedagogik kuzatuv, taqqoslash, so‘rovnoma va statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari axborot texnologiyalarining inklyuziv ta’limda individual yondashuvni ta’minlash, ta’limdagi tenglikni mustahkamlash hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatdi. Maqolada olingan ilmiy xulosalar inklyuziv ta’lim amaliyotini takomillashtirish uchun pedagogik tavsiyalar bilan boyitilgan.



