遇见数据集

BUXORO VILOYATI SHAROITIDA SUG'ORILADIGAN YERLARNI LAZERLI TEKISLASH TEXNOLOGIYASINING SUV-ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA AGROTEXNIK SAMARADORLIGINI BAXOLASH

收藏
Zenodo2026-09-25 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada Buxoro viloyatining qurg‘oqchil iqlim sharoitida sug‘orma dehqonchilikda yer yuzasining notekisligi natijasida yuzaga keladigan suv taqsimotining nomutanosibligi, ortiqcha sug‘orish, tuproqning turli darajada namlanishi va meliorativ holatning yomonlashuvi kabi muammolar tahlil qilingan. Sug‘oriladigan yerlarni lazerli tekislash texnologiyasining dala yuzasini yuqori aniqlikda tekislash, sug‘orish suvining bir tekis taqsimlanishini ta’minlash, suv va energiya sarfini kamaytirish hamda ekinlarning o‘sish sharoitlarini yaxshilashdagi imkoniyatlari ilmiy manbalar asosida asoslangan. Lazerli tekislashning suvdan foydalanish samaradorligi, ekin hosildorligi, mehnat va ekspluatatsion xarajatlarga ta’siri tahlil qilinib, Buxoro viloyati sharoitida mazkur texnologiyani qo‘llashning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Tadqiqot natijalari lazerli tekislashni suv resurslari cheklangan hududlarda sug‘orish samaradorligini oshirish va barqaror dehqonchilikni shakllantirishning istiqbolli texnologiyalaridan biri sifatida baholash imkonini beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-25
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务