five

TURKISTONDA (OAV)LARINING PAYDO BO'LISH VA RIVOJLANISH TARIXI

收藏
DataCite Commons2026-05-05 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20041614
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
XXI asr insoniyat taraqqiyotida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari keskin rivojlangan davr sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu davr nafaqat “axborot asri”, balki “ma’rifat asri” sifatida ham tavsiflanadi. Chunki zamonaviy jamiyatda bilim, axborot va ma’lumotlar oqimi inson hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib bordi. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari (OAV) – matbuot, radio, televideniye va internet tizimi – ijtimoiy hayotning ajralmas qismiga aylandi. Bugungi globallashuv sharoitida dunyoning istalgan nuqtasida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida tezkor, ishonchli va ko‘pincha real vaqt rejimida axborot olish imkoniyati mavjud. Bu esa jamiyatning axborotga bo‘lgan ehtiyojini keskin oshirdi va OAVning ahamiyatini yanada kuchaytirdi. Axborot oqimining haddan tashqari ortib borishi esa jurnalistikaning mas’uliyatini ham oshirmoqda. Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarining rivojlanishi, xususan kompyuter texnikasi, global internet tarmog‘i, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalarning keng tarqalishi natijasida axborotni yaratish, uzatish va qabul qilish jarayonlari tubdan o‘zgardi. Natijada, an’anaviy jurnalistika bilan bir qatorda raqamli jurnalistika, internet jurnalistikasi, multimedia jurnalistikasi kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. Jurnalistika – bu nafaqat axborot tarqatish vositasi, balki jamiyatda fikr shakllantiruvchi, ma’naviy-ma’rifiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim institutdir. Publitsistika esa jurnalistikaning ajralmas qismi bo‘lib, u orqali dolzarb ijtimoiy masalalar keng ommaga yetkaziladi va tahlil qilinadi. Shunday ekan, jurnalistika va publitsistika o‘zaro uzviy bog‘liq holda rivojlanadi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-05
5,000+
优质数据集
54 个
任务类型
进入经典数据集
二维码
社区交流群

面向社区/商业的数据集话题

二维码
科研交流群

面向高校/科研机构的开源数据集话题

数据驱动未来

携手共赢发展

商业合作